Telegram kanallarda reklama: toping, solishtiring, buyurtma bering
Kanallarni yo‘nalish, hudud, narx va haqiqiy ko‘rishlar bo‘yicha saralaymiz. Reklama beruvchi adminlarni birma-bir qidirib, javob kutib o‘tirmaydi. Kanal egasi esa mijoz izlamaydi.
Namuna: katalog ko‘rinishi. Haqiqiy kanallar pastdagi “Katalog” bo‘limida.
Birinchi 30 ta kanal uchun 3 oy davomida xizmat haqi 15%
Odatiy xizmat haqi 20%. Imtiyoz kanal katalogga qo‘shilgan kundan boshlab 3 oy amal qiladi.
Ikki tomon uchun ham bir necha qadam
Kanal egasi
- Kanalingizni qo‘shasizNarx, yo‘nalish va oxirgi 7 kunlik statistika skrinini yuborasiz. Biz tekshirib, katalogga qo‘shamiz.
- Buyurtma keladiReklama matni, sana va summa bilan. Qabul qilasiz yoki boshqa vaqtni taklif qilasiz.
- Postni joylaysizHavolasini yuborasiz, biz ko‘rishlarni kuzatamiz.
- Pulingizni olasiz24 soatlik hisobotdan keyin, xizmat haqi ushlab qolingan holda.
Reklama beruvchi
- Kanallarni tanlaysizYo‘nalish, hudud, til va byudjet bo‘yicha. Har kanalda haqiqiy ko‘rishlar va 1000 ko‘rish narxi ko‘rinadi.
- Reklama materialini yuborasizMatn, rasm yoki video. Bir nechta kanal uchun bitta buyurtma.
- Bir marta to‘laysizAdminlar tasdiqlagach. Yuridik shaxslar uchun shartnoma va hisob-faktura.
- Hisobot olasizPost havolalari va 24 soatlik ko‘rishlar soni.
Mijoz izlamang, reklamani qabul qiling
Kanalingizni bir marta qo‘shasiz. Reklama beruvchilar sizni yo‘nalish va auditoriya bo‘yicha o‘zi topadi.
Qo‘shilish bepul
Oylik to‘lov yo‘q. Xizmat haqi faqat buyurtma bajarilganda olinadi.
Narxni o‘zingiz belgilaysiz
1/24, 2/48 yoki boshqa formatlar. Istalgan vaqtda o‘zgartirasiz.
Ortiqcha yozishmalar yo‘q
Kelishuv, reklama matni va to‘lovni biz yuritamiz. Siz faqat “qabul” deysiz.
Pul kafolatli tushadi
Reklama beruvchi oldindan to‘laydi. Post joylangach, 24 soatdan keyin pul sizga o‘tadi.
Qancha olasiz?
15% imtiyoz birinchi 30 ta kanal uchun. Buyurtma bo‘lmasa, hech narsa to‘lamaysiz.
Kanalimni qo‘shishReklama pulingiz haqiqiy auditoriyaga yetsin
Kanallarni o‘zimiz tekshiramiz: obunachilar, oxirgi postlardagi ko‘rishlar va admin qanchalik tez javob berishi.
Soxta obunachilarsiz
Obunachilari ko‘p, ko‘rishlari esa juda kam kanallar katalogga kirmaydi.
Narxlarni solishtirish oson
Har bir kanal uchun 1000 ko‘rish qanchaga tushishi hisoblangan. Byudjetni samarali taqsimlaysiz.
Bir joydan boshqarish
10 ta kanalga reklama bersangiz ham, bitta buyurtma va bitta hisobot olasiz.
Tekshirilgan kanallar
Katalog hozir to‘lmoqda: kanallar tekshiruvdan o‘tgani sari shu yerda paydo bo‘ladi.
Birinchi kanallar qo‘shilmoqda
Kanal egalari bilan kelishuvlar ketmoqda. Katalog ochilganda yo‘nalishlar bo‘yicha filtr, narxlar va 1000 ko‘rish narxi shu yerda bo‘ladi. Kanalingiz bo‘lsa, birinchilardan bo‘ling: imtiyozli o‘rinlar cheklangan.
Kim bilan ishlayotganingizni biling
Otabek Xoshimov, asoschi
8 yildan beri media sohasida. 2018–2021 yillarda MFaktor’da ishlagan, Turkiston maktabida marketolog bo‘lgan. Kanalbor marketolog sifatida o‘zim duch kelgan muammodan tug‘ildi: kanallarni yo‘nalish bo‘yicha saralash qiyin, adminlarning ba’zilari javob bermaydi.
okhashimov.uz →Rasmiy ma’lumotlar
- Tadbirkor
- YaTT Xoshimov Otabek Rixsiboy o‘g‘li
- Faoliyat turi
- Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish
- Ro‘yxatdan o‘tgan
- 20.08.2024, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestri, yozuv № 6406810
- Hujjatlar
- Shartnoma va hisob-faktura bilan ishlaymiz
Ko‘p so‘raladigan savollar
Kanal qo‘shish qancha turadi?
Bepul. Xizmat haqi faqat buyurtma bajarilganda olinadi: bitim summasidan 20%. Birinchi 30 ta kanal uchun dastlabki 3 oy davomida 15%.
Pul qachon va qanday tushadi?
Reklama beruvchi oldindan to‘laydi. Post joylanib, 24 soat o‘tgach, summa xizmat haqi ushlab qolingan holda kartangizga yoki hisob raqamingizga o‘tkaziladi.
Qanday kanallar qabul qilinadi?
O‘zbekiston auditoriyasiga mo‘ljallangan, faol ochiq kanallar. Ko‘rishlari obunachilariga nisbatan juda kam bo‘lgan, shuningdek qimor, 18+ va qonunga zid mavzudagi kanallar qabul qilinmaydi.
Narxni kim belgilaydi?
Kanal egasi. Katalogda reklama beruvchi sizning narxingizni ko‘radi, xizmat haqi shu narxdan olinadi.
Reklama beruvchi admin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lansa-chi?
Narx bir xil bo‘ladi, lekin Kanalbor orqali u bir nechta kanalga bitta buyurtma beradi, tekshirilgan statistikani ko‘radi, to‘lov va hisobotni bir joydan oladi.
Telegram bot va onlayn to‘lov qachon ishga tushadi?
Tez orada. Hozircha buyurtmalar va kelishuvlar Telegram orqali biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuritiladi.
Kanalingiz bormi yoki reklama bermoqchimisiz?
Telegram’da yozing, bir kun ichida javob beramiz.